• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oltiariqda tuman hokimi va IIB boshlig‘i haydab ketgan o‘nlab qo‘y “bedarak yo‘qoldi”

    “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining nashri — “Adolat” gazetasining 2018-yil 6-sonida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “Qiziltepa” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Hasanboy Yunusovning xati e’lon qilindi. Unda Oltiariq tuman hokimi va tuman IIB boshlig‘i tomonidan haydab ketilgan 65 qo‘y “yo‘qolib qolgani” haqida so‘z boradi.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”
    Men vaqtincha ishsizman. Ro‘zg‘orni tebratish uchun uyda qo‘y boqib, sotaman. Bolalarimning rizqi ham shunga qarab qolgan. Afsuski, 20 kundan buyon oilamizning tinchi buzilgan.

    2018-yilning 20-yanvar kuni soat 16:00 da qo‘shnilarim Rahmatjon Abduqahhorov va Raim Qodirov bilan qo‘ylarimizni “Qiziltepa” MFY hududidagi “Shohimardonsoy” fermer xo‘jaligi yonidagi zovur yoqasida boqayotgan edik. Bir sovliq tug‘a boshladi. Biz shu bilan ovora bo‘lib qolibmiz. Qo‘ylarning bir qismi fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alla ekilgan maydonga kirib ketibdi.

    Shu voqea ustiga tuman hokimi va IIB boshlig‘i kelib qoldi. Qo‘ylarga e’tiborsiz bo‘lganimiz uchun ming pushaymon ekanimizni bildirsak-da, IIB boshlig‘i va mahalla noziri qo‘ylarni haydab ketdi.

    22-yanvar kuni Oltiariq tuman ma’muriy sudi ushbu ishni ko‘rib chiqib, aybimizga iqror ekanimizni hisobga olib, har birimizga jarima belgiladi. Uni vaqtida to‘ladik. Bundan tashqari, “Shohimardonsoy” fermer xo‘jaligiga yetkazilgan zarar — 1 320 000 so‘mni ham o‘z ixtiyorimiz bilan qoplab berdik.

    Hech kimda bizga qarshi da’vo qolmaganidan so‘ng, qo‘ylarni so‘rab, tuman hokimi X.Niyozovga uchrashdik. Hokimbuva “qo‘ylaringizni bilmayman”, dedi. IIB boshlig‘i I.Saydinov qabuliga bordik. U ham qo‘ylarning taqdiridan bexabar ekanini, bu ish bilan shug‘ullanmasligini bildirdi.

    Ushbu masalada yordam so‘rab viloyat hokimi huzuriga borishga jazm etdik. Afsuski, hokimning qabuliga kiritish uyoqda tursin, dardimizni eshitishni ham istashmadi. Shundan buyon qo‘ylarni olish ilinjida qilgan murojaatlarimiz havoda qolib ketmoqda.

    Nahotki mening aybim bilan oila a’zolarim, qo‘shnim Rahmatjon va Raimlarning farzandlari kam-ko‘stini but qilib kelgan 65 bosh qo‘y o‘z-o‘zidan “yo‘qolib” qolsa?

    Hududimizda oila boqish uchun hech qanday ishlab chiqarish korxonasi va ish o‘rni yo‘q. Ko‘pchilik ishsiz. Yoshlar ish qidirib Rossiyaga boradi. Borolmaganlar esa mol va qo‘y boqib, ro‘zg‘or tebratadi.

    Yuqorida ta’kidlaganimdek, men ham shu ish ortidan farzandlarimni voyaga yetkazayapman. Afsuski, shuni ham bizdan tortib olishdi. Sizlardan iltimos, menga va qo‘shnilarimga tegishli qo‘ylarni olishda yordam bering. Biz yo‘l qo‘ygan xatomizdan ming bora pushaymonmiz.

    Hasanboy Yunusov

    “Xabar.uz”ning aniqlik kiritishicha, “aybdor” qo‘ylarning g‘alla maydoniga kirib ketganiga dastlab Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev guvoh bo‘lgan, so‘ng tuman hokimi va IIB boshlig‘ini chaqirtirib, chora ko‘rish haqida topshiriq bergan.

    Farg‘ona viloyati hokimligi va Oltiariq tumani rasmiylari hozircha ushbu holat yuzasidan biror bayonot yo axborot berganicha yo‘q.

    10.02.2018, 21:31   Izoh (0)   119027
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    15-fevral kuni butun O‘zbekistonda qor yog‘ishi mumkin

    10.02.2018, 21:10

    Toshkentda Xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston—Afg‘oniston qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    10.02.2018, 20:28

    Foto: Toshkentdagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

    10.02.2018, 18:39

    O‘zbekistondagi Qur’on musobaqasiga Payme orqali homiylik qilish mumkin bo‘ldi

    10.02.2018, 18:24

    Shavkat Mirziyoyev: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf — ko‘p jaholatning oldini olgan inson (video)

    10.02.2018, 18:15

    O‘zbekiston Qirg‘izistonga avtomobillar va qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib berishga tayyor

    10.02.2018, 17:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil G‘azo markazidagi tinch aholini evakuatsiya qilishni boshladi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:25

    Gongkongga Vifa to‘foni yopirildi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:05

    Yevropa Ittifoqi davlatlariga kirish narxi 3 baravar oshishi mumkin

    Dunyo | 20 iyul, 18:30

    Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasining eng tezkor futbolchilaridan biriga aylandi

    Sport | 20 iyul, 17:53

    Indoneziyada 280 kishi bo‘lgan kemada yong‘in: odamlar dengizga sakramoqda (video)

    Dunyo | 20 iyul, 17:52

    AQSHda uchayotgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 17:30

    AQSH G‘arbiy Sohildagi falastinliklar cherkoviga hujumni terrorchilik harakati deb atadi

    Dunyo | 20 iyul, 17:10

    Suriya hukumati Suvayda shahrida tartib o‘rnatilganini, badaviy qabilalar ortga chekinganini ma’lum qildi

    Dunyo | 20 iyul, 16:50

    O‘zbekistonda gepatitni aniqlash maqsadida skriningdan o‘tkazilganlar soni ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 16:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.