Samarqand shahridagi “Registon” mehmonxonasi bog‘boni o‘z kuyovini o‘ldirib bergan shaxsga 300 dollar pul va’da qildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Xabar berishlaricha, 58 yoshli bog‘bon Tayloq tumanida yashovchi kuyovini o‘ldirish uchun odam yollab berishni so‘rab, hamqishlog‘iga murojaat qilgan. Kuyovining o‘limi uchun u 300 dollar va’da qilgan.
Bog‘bonning hamqishlog‘i bu haqda Oqdaryo tumani IIBga ma’lum qilgan. Shundan so‘ng, IIB tomonidan maxsus tadbir uyushtirilgan.
“9-fevral kuni kuyovning yuz qismi qonga bo‘yalgan holda mobil telefonga olingan surati Dahbed qo‘rg‘onidagi choyxonada bog‘bonga ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng, bog‘bon 300 AQSh dollarini ‘yollanma qotil’ga bergan vaqti qo‘lga olingan”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)