O‘zbekistonda 15-fevral kuni qor aralash yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Xabar berishlaricha, 11—14-fevral kunlari oralig‘ida havo harorati ko‘tariladi, tungi ayozlar ham kamayadi. Biroq 15-fevraldan harorat yana pasayishi kutilmoqda.
Mamlakatning aksariyat hududlarida 13-fevraldan yog‘ingarchilik boshlanishi kutilmoqda. 14-fevral kuni butun mamlakat bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, 15-fevraldan esa qorga aylanishi mumkin.
Izoh (0)