Respublika bolalar kutubxonasi vakillari Toshkent metropoliteni xodimlari va O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari bilan hamkorlikda poytaxt metrosi yo‘lovchilariga Alisher Navoiy she’riyatidan namunalar o‘qib berishni so‘rab murojaat qildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Eng ifodali va ta’sirli mutolaa qilib berganlarga metroda bepul harakatlanish imkoniyati taqdim etildi. Ayni chog‘da ularga esdalik sovg‘alari ham topshirildi.
An’anaga ko‘ra, kutubxonaning o‘zida Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha ham o‘tkazildi. Unda poytaxtdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. She’rlar o‘qildi, shoir asarlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi. Yosh avlod vakillari xalq og‘zaki ijodi qo‘shiqlarini ijro etib berdi.
Izoh (0)