• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Denis Deli: Navoiyning kitobi amerikaliklar uchun katta yangilik bo‘ldi

    Amerikalik adabiyotshunos olim, shoir va yozuvchi Denis Deli Alisher Navoiyning 21 g‘azalini ingliz tiliga tarjima qilib, kitob holida nashr ettirdi. Navoiy tavalludining 577 yilligi arafasida O‘zA Denis Deli bilan suhbatlashdi.

    Foto: Small Press Distribution

    Foto: Small Press Distribution
    — O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish baxtiga musharraf bo‘lganman. 2001-yilda qizim bilan mamlakatning go‘zal shaharlari, qishloqlarini aylanib chiqqanmiz. Qizim o‘sha paytda Tinchlik Korpusining ko‘ngillisi sifatida Xorazmda o‘zbek bolalariga ingliz tilini o‘rgatar edi. Biz Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Nukus va Mo‘ynoqqa sayohat qilganmiz.

    — Navoiy g‘azallarini ingliz tiliga tarjima qilib, kitob holida chop ettirganingizni eshitib xursand bo‘ldik. Kimdir sizga shoir ijodini o‘rganishni tavsiya qildimi yoki bu o‘zingizning tanlovingizmi?

    — Navoiy ijodi bilan avvaldan yaxshi tanishman. Navoiy hayoti va ijodi, Temuriylar tarixi haqida ko‘p o‘qiganman. Qizim Alisher Navoiy ijodiga mansub ba’zi g‘azallarning ingliz tiliga nasriy tarjimalarini topdi. Bu tarjimalarning saviyasini yaxshi deb bo‘lmasdi. Lekin shu holida ham Navoiyning buyukligini his qilish mumkin edi. Qizimning o‘zbek, rus tillarini yaxshi bilishi menga Navoiyning ba’zi g‘azallarining ingliz tilidagi badiiy matnini yaratishga yordam berdi.

    Men shoir sifatida tarjimaning she’riy chiqishiga e’tibor qaratdim, kerak joyda ingliz she’riyati texnikasidan foydalandim. Tarjimam boshqa tarjimalarga nisbatan mukammalroq chiqqan, deb da’vo qilmayman. Chunki kam sonli tarjimon yoki olimlarda shoirona mahorat bo‘ladi. Tarjimalarim a’lo darajada bo‘lmasa-da, asosiy maqsadim shoir ijodini imkon boricha tezroq amerikaliklarga yetkazish edi. Aniq ishonamanki, hali asliyatga yaqin tarjimalarim oldinda.

    — Amerikalik o‘quvchilar Twenty-one ghazals by Alisher Navoiy kitobini qanday qabul qildi?

    —Kitob AQShning deyarli barcha shtatlariga kirib bordi. Amerikaliklar uchun bu katta yangilik edi. Kitob hamma joyda nihoyatda iliq qarshi olindi.

    – Tarjima jarayonida siz uchun qiyinchilik tug‘dirgan holatlar bo‘ldimi?

    — Bugun Navoiyni hatto o‘zbek kitobxoni ham qiyinchilik bilan tushunishini bilaman. Gap faqat tilda emas, balki Navoiy ijodining juda murakkab falsafasida. Navoiy g‘azallarida nafis ishqiy tuyg‘ular ostida ilohiy ishqqa ishora mavjud. Ikki holatni ham tarjimada yetkazib berish nihoyatda mushkul.

    — Alisher Navoiyning tavallud kuni o‘zbek xalqi uchun katta bayram hisoblanadi.

    — O‘zbekiston xalqi juda ham baxtli. Sababi, madaniy merosingiz, to‘g‘ri ma’noda, G‘arbning hasadini uyg‘otadi. Alisher Navoiy ijodi ana shu merosning, adabiy an’analarning katta bir qismini tashkil qiladi. Ko‘hna Samarqand, Buxoro, Xivaga o‘xshagan shaharlar juda kam sonli davlatlardagina bor. O‘zbek xalqiga dunyoni hayratga solgan Temuriylar renessansidan ham yuksakroq taraqqiyot tilayman.

    08.02.2018, 22:21   Izoh (0)   10254
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi qalbaki 50 ming so‘mliklar, qo‘shni mamlakatlardan tovar olib kirishdagi 300 dollarlik limit, bozordagi kutubxonani buzdirmoqchi bo‘layotgan hokim va

    08.02.2018, 22:09

    Toshkent shahrida qidiruvda bo‘lgan farg‘onalik shaxs qo‘lga olindi

    08.02.2018, 21:53

    Abdujabbor Abduvohidov Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

    08.02.2018, 21:31

    Toshkent shahrida 7-fevral kuni odam tashish qoidalarini buzish bilan bog‘liq salkam 500 ta holat qayd etildi

    08.02.2018, 21:19

    Qoraqalpog‘istonda IIBning sobiq xodimi Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalida ozod etildi

    08.02.2018, 21:10

    Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birida dori-darmon ishlab chiqaradigan yashirin sex ochgan shaxs qo‘lga olindi

    08.02.2018, 19:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Xoh Rossiya bilan, xoh Rossiyasiz” Eron AQSH qo‘llovidagi Zangizor koridoriga qarshi chiqishini ma’lum qildi

    Dunyo | 10 avgust, 12:15

    O‘zbekistonda hafta boshida harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:45

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Manchester Siti” “Palermo”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Husanov bir taym o‘ynadi (video)

    Sport | 10 avgust, 11:44

    O‘zbekistonda umraga yuboruvchilar bo‘yicha “Sirli mijoz” yashirin nazorat tadbirlari o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:20

    Muhammad Saloh “falastinlik Pele” o‘limi tafsilotlarini aytmagani uchun UEFAni tanqid qildi

    Dunyo | 10 avgust, 10:44

    Bolgariyada cho‘kayotgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 09:31

    O‘zbekistonda malakasini oshirmoqchi bo‘lganlarga “kasb vaucheri” beriladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 08:52

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.