BMTning bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi Ispaniya rasmiylarini bolalarga buqalar jangi va korrida maktablariga borishni man etishga chaqirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Xalqaro tashkilotni korrida 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sir tashvishga solmoqda.
“Buqa janglarining bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 18 yoshgacha bo‘lganlarga bunday janglarda ishtirok etish, korrida tomoshabinlari qatorida bo‘lishni man etish tavsiya qilinadi”, — deyiladi qo‘mita xulosasida.
Izoh (0)