Buryatiyadagi Voznesenovka qishlog‘ida 30 turdagi hayvon borligi taxmin qilinayotgan ko‘chma sirk yonib ketdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Sirk egasi bo‘lgan ayol avvaliga yong‘inni o‘zi o‘t o‘chirgichlar yordamida bartaraf etishga uringan. Keyinroq sirk yonidagi ishlab chiqarish bazasi qorovuli o‘t o‘chiruvchilarni chaqiradi.
Rossiya FVVning respublikadagi boshqarmasiga ko‘ra, yong‘in jonivorlar saqlangan furgondagi qisqa tutashuv tufayli kelib chiqqan.
Sirk rahbari ixtiyorida qancha jonivor bo‘lganini aytishdan bosh tortdi. O‘t o‘chiruvchilarni chaqirgan qorovul furgonda 30 turdagi hayvon, jumladan, ayiq va qoplon bo‘lganini bildirdi.
Yong‘in boshlanganda ayol yirtqichlar chiqib ketishidan cho‘chib, furgonni ochmagan. Ofatni bartaraf etgan o‘t o‘chiruvchilar dahshatli manzaraga duch keldi: qafaslardagi hayvonlar butkul kuyib ketgan, ularning qanday jonivorligini aniqlashning imkoni yo‘q edi.
Izoh (0)