Turkiyada quruqlikdagi qo‘shinlar harbiy bilim yurtining 64 nafar o‘qituvchi va kursanti davlat to‘ntarishiga urinishdagi ishtiroki uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Anqara sudi bu ish bo‘yicha 100 kishini oqlagani bildirilmoqda.
8 nafar o‘qituvchi va 156 nafar kursant 2016-yil iyulida Anqaradagi qurolli kuchlar bosh shtabi binosiga vertolyotda kelib, davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etganlikda ayblangandi.
Izoh (0)