Internet tarmog‘ida ulkan to‘lqinlar uzra tortilgan kanat ustida yurib borayotgan ekvilibristning videosi paydo bo‘ldi. Mazkur video dron yordamida tasvirga olingan. Bu haqda The Daily Mail nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Rolik Portugaliyadagi qoyatoshlarga to‘la dengiz qirg‘og‘ida tasvirga olingan. Mazkur hudud o‘zining ulkan to‘lqinlari bilan dunyoga mashhur.
Ma’lumotlarga ko‘ra, rolikdagi erkak braziliyalik 28 yoshli Emerson Machado.
Izoh (0)