AQSh prezidenti Donald Tramp muhojirlarning ishonchliligini tekshirish milliy markazini ochish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
Tramp tomonidan imzolangan memorandumda Ichki xavfsizlik vazirligi Adliya vazirligi, Davlat departamenti va razvedka muassasalari bilan hamkorlikda 6 oy mobaynida mazkur markaz ochilishini ta’minlashi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Markazning asosiy vazifasi turli muassasalar orasida AQShga ko‘chib kelishni istovchilar haqida ma’lumotlar almashish jarayonini yaxshilashdan iborat ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)