Pentagon AQSh prezidenti Donald Trampning talabiga muvofiq harbiy paradlar o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Buni Oq Uy ma’muriyati tasdiqladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Prezident Tramp mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash uchun hayotini xatarga qo‘yadigan harbiy xizmatchilarimizni juda qo‘llab-quvvatlaydi. U mudofaa vazirligiga barcha amerikaliklar o‘z ehtiromlarini namoyish etishi uchun bayram o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishni topshirdi”, — dedi Oq Uy vakili.
Tramp o‘tgan yili Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvda Parijda Bastiliya olinishi kuni o‘tkazilgan paraddan katta taassurot olgani, Vashingtonda 4-iyul — AQSh mustaqilligi kuni shunga o‘xshash tadbir uyushtirish niyatida ekanligini bildirgandi.
Izoh (0)