O‘zbekiston Respublikasi “Qamchiq” qidiruv-qutqaruv boshqarmasiga “Trekol” yo‘ltanlamas transport vositasi olib kelindi, deb xabar berdi “Xalq so‘zi” gazetasi.
Mazkur maxsus avariya-qutqaruv texnikasi Rossiyadagi “Trekol” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi bazasida tayyorlangan. U uch o‘qqa ega to‘liq uzatmali mashina hisoblanadi. Yer usti qatlamining o‘ziga xosligidan kelib chiqib ichidagi bosim qo‘l bilan boshqariladigan kamerasiz shinalar qo‘yilgan.
“Trekol” yo‘ltanlamas-amfibiyaning o‘ziga xos jihati shisha-plastikdan tayyorlangan yengillashtirilgan hamda iliq kuzovidir. Odamlar va foydali yuklarni tashish uchun uchta: oldi tarafga ikkita va ort tomonga bitta eshik o‘rnatilgan. Mashina ichida haydovchi va yo‘lovchi uchun esa ikkita o‘rindiq bor. Yuk bo‘limiga esa 8 kishi yoki 700 kilogrammgacha yuk sig‘dira oladi. G‘ildirak formulasi 6x6, qattiq va qalin yuzada 700, yuqa yuzada va suvda 400 kilogrammgacha yuk ko‘tarish imkoniyati mavjud.
Transport vositasi asfaltli shosseda soatiga 70 kilometr tezlik bilan harakatlana oladi.
Izoh (0)