• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Toshkentdan keladigan kattakon” yoki qachongacha komissiya uchun ishlaymiz?

    Turmush o‘rtog‘im o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Keyingi paytda bot-bot bezovtalanishi, asabiylashishini kuzataman. Buni kechki payt telefoni qo‘lidan tushmasligidan payqash qiyin emas. Muloqot mavzusi deyarli bir xil:

    — Ertaga juda yomon komissiya kelyapti, turib bermasang bo‘lmaydi. Darsdan yarim soat oldin kelib, ro‘yxatdan o‘tib, “kak shtik” o‘tirasan. Forma esdan chiqmasin, kelmay yana “podvodit” qilmagin, xo‘pmi?

    Foto: Delfi

    Foto: Delfi

    Shu tariqa guruhdagi barcha o‘quvchilar yoki ularning ota-onalariga birma-bir qo‘ng‘iroq qilib chiqadi. Biroq ba’zan xumpar o‘quvchilar pand berib qo‘yadi va ayolim ko‘zda yosh bilan uyga qaytib keladi. Demak, yo tanbeh eshitgan yoki mukofotdan mahrum bo‘lgan. 

    “Komissiya” deganlari ayniqsa, tibbiyot va ta’lim sohalarini xush ko‘radi. Tasodifmi-yo‘qmi, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi yaqinda o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra sog‘liqni saqlash O‘zbekistondagi eng korrupsiyalashgan soha deb topildi. Keyingi o‘rinni esa, sezganingizdek, ta’lim egalladi. 

    To‘g‘ri-da, komissiyaning kelib-ketishi osonmi? “Mehmon atoyi xudo” degan gap bor. Uni ko‘ngildagidek kutib olish, olib yurish, yotog‘ini ta’minlash, yaxshi joyda ovqatlantirish, sovg‘a-salom bilan kuzatish kerak. Xudo ko‘rsatmasin, nimadandir ko‘ngli to‘lmay, ranjib qolsa, ish pachava bo‘ldi deyavering. 

    Hammadan chekka joylardagi tibbiyot va ta’lim muassasalariga qiyin: ularni kunora tuman yoki viloyatdan kelgan komissiya yo‘qlab turadi. Ora-sira Toshkentdan keladigan kattakonlarni ham kutib olishga to‘g‘ri keladi.

    Agar bu tinimsiz komissiyalardan nimadir naf bo‘lganda, bizdagi tibbiyot va ta’lim allaqachon yuksak cho‘qqilarni zabt etgan, o‘quvchi va talabalarimiz nufuzli xorij mukofotlariga da’vogarlik qilayotgan bo‘lardi. Afsuski, hozircha buni kuzatayotganimiz yo‘q. Komissiyalardan zada bo‘lgan shifokor va o‘qituvchilar davlat muassasalarini tashlab, xususiy sektorga o‘tib ketyapti. Bu ketishda yaqinda komissiyalar tekshiradigan muassasaning o‘zi qolmasa go‘rga edi. 

    Komissiyalarning kelishi ko‘pincha muhit buzilishi, mish-mishlar bolalashiga sabab bo‘ladi: bir hudud yoki tashkilotga komissiya serqatnov bo‘lib qoldimi, tamom, hamma hokim yoki rahbar lavozimidan ketishiga qancha qolganini sanab o‘tiradi. 

    Tinimsiz komissiyalar tufayli mutasaddilarni tashabbus va fikrdan xoli, mute kishilarga aylantirdik. Bog‘chalardan biriga borganda muassasa ichki devorining bir qismi tushib ketganiga ko‘zim tushdi. Mudirani “Opa, shuni bir nima bilan to‘sib qo‘ysa bo‘lmaydimi, xavfsizlikka to‘g‘ri kelmaydi, mast-alast kishilar kirib kelishi mumkin”, — deya ogohlantirgan bo‘ldim. U ko‘zini pirpiratib, “Ukajon, buni shuncha kelgan komissiya aytmagandi-da”, — dedi. 

    Ruslarda “svejiy vzglyad”, ya’ni “chetdan nigoh” deganga o‘xshash gap bor. Shu ma’noda balki komissiyalar ham kerakdir. Ammo, odamni qoniga tashna qiladigan darajada emas-da. Chetdan qarashning ham me’yori bor axir.

    U yog‘idan kelsangiz, qilayotgan ishimiz, o‘tkazayotgan tadbirlarimizning ko‘pi “xo‘jako‘rsin”ga. Agar unga hokimlik, sog‘liqni saqlash yoki xalq ta’limi bo‘limidan kimdir kelmasa, bu haqida gazeta, televideniya yoki saytda ikki enlik xabar yo lavha chiqmasa, o‘tmadi deb hisoblashga tayyormiz.

    Bu holatni yo‘llarimizda ham kuzatish mumkin. Xavfsizlik kamarini YHXB xodimini ko‘rganda taqamiz, xuddi jonimiz omonligi unga kerakdek. Radar borligini bilib qolsak, ruxsat etilgan tezlik 50 kilometr bo‘lsa ham,30 da yuramiz, o‘tib olgach, yana boriga bosamiz. 

    Ko‘zbo‘yamachilik qon-qonimizga singib ketgan. Paxta yig‘im-terimiga o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarini olib chiqmaslik haqida ko‘rsatma berilganidan so‘ng ularni yoppasiga qaytarib keldik. Oradan biroz vaqt o‘tib, hovur bosilganidan so‘ng bechoralarni mahallasidan “qalb amri bilan” yana kelgan joyiga jo‘natib yubordik. Endi temir-tersak bilan ham shu ahvol: ta’lim va tibbiyot muassasalariga ularni yig‘ish bo‘yicha topshiriq berish man etildi. Biroq aldam-qaldam yo‘llar bilan yana shifokor va o‘qituvchini metallolom to‘plashga majburlash davom etmoqda. 

    O‘tgan galgi maqolamizni “Majburiy obuna kimga kerak?” degan savol bilan yakunlagandik. Bu gal ham an’anadan voz kechmadik va navbatdagi savolni ko‘ndalang qo‘yamiz: qachongacha komissiya uchun ishlaymiz? O‘zimiz uchun, jamiyat ravnaqi uchun ishlash fursati yetmadimi? 

    05.02.2018, 16:55   Izoh (0)   75980
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00

    Zelenskiy 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun chegaradan o‘tishni soddalashtirishni topshirdi

    Dunyo | 12 avgust, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.