TechCrunch nashri jurnalistlari Phantom AI mustaqil boshqaruv texnologiyasi bilan jihozlangan Hyundai Genesis avtomobilida harakatlanish chog‘ida YTHga uchradi. Hodisa AQShning Kaliforniya shtatida yuz bergan. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Muxbirlarning hikoya qilishicha, texnologiya namoyishi chog‘ida pikaplardan biridan yaxshi mahkamlanmagan chiqindi idishi tushib ketgan. Haydovchisiz avtomobilning odidan ketayotgan Nissan Rogue kutilmagan to‘siqning ustiga yurib ketmaslik uchun tormozlagan. Hyundai Genesis haydovchisi ham to‘qnashuvdan qochishga uringan, biroq taxminan 30 km/soat tezlikda Nissan’ga urilgan.
Nashrning uch nafar xodim bilan birga, avtomobilda Phantom AI jamoasining ikki a’zosi: kompaniyaning asoschisi va bosh direktori Xyungi Cho hamda prezident va ta’sischi Chan Kyu Li bo‘lgan. Li sinov vaqtida rulda bo‘lgan.
YTHda hech kim jabrlanmagan. Hyundai Genesis kuzovining old tomoni shikastlangan. Choning aytishicha, avtomobilga avtomatik avariya tormozlash tizimi o‘rnatilgan, biroq ba’zi kamchiliklari borligi va sinovdan o‘tayotgani sababli bu safar u o‘chirilgan edi. Qo‘l tormozi tezlikni biroz kamaytirishga yordam bergan, biroq to‘qnashuvning oldini ola olmagan.
Izoh (0)