Seat kompaniyasi alohida Cupra brendi yaratilgani haqida ma’lum qildi. Shu tariqa kompaniyaning “quvvatlangan” modellari o‘z brendi va logotipi ostida ishlab chiqariladi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.
Yangi brendning taqdimoti 22-fevralda bo‘lib o‘tadi, mart oyida Jenevada bo‘lib o‘tadigan avtosalonda brendning birinchi mustaqil modeli taqdim etiladi. Yangi avtomobil Ateca krossoveri bo‘lishi kutilmoqda, biroq avtomobil haqida batafsil ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)