O‘zbekiston banklari tushlik tanaffuslarisiz ishlashni boshlamoqda. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Jumladan, Asia Alliance Bank 1-fevraldan tushlik tanaffuslarisiz ishlash tartibiga o‘tganini e’lon qildi. Hamkorbank ham tanaffussiz ishlashda davom etishini bildirdi.
Har ikkala bank vakillarining Spot’ga ma’lum qilishlaricha, ular mijozlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida shunday qaror qabul qilgan.
Yanvar oyi oxirida Markaziy bank tushlik uchun tanaffus endi 13:00 dan 14:00 gacha davom etishini ma’lum qilib, tijorat banklariga ham shunday ish tartibiga o‘tishni tavsiya qilgan edi. Bungacha banklarning tushlik vaqti 15:00 dan 16:00 gacha edi.
Shundan so‘ng bir qator banklar, xususan, “Agrobank”, “Kapitalbank”, “Aloqabank” va boshqalar tushlik vaqti 13:00 dan 14:00 gacha bo‘lgan ish tartibiga o‘tishini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)