AQSh Adliya vazirligi hamda Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi bir qator iPhone modellarining ishini ataylab sekinlashtirgani yuzasidan Apple korporatsiyasiga nisbatan tergovni boshladi. Bu haqda Bloomberg’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Amerika hukumatining taxminicha, Apple eski modeldagi smartfonlarning ishini ataylab sekinlashtirayotganini tan olgan holda ma’lumotlarni oshkor etmaslik borasidagi qonunni buzgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, tekshiruv organlari kompaniya o‘zining bu kabi xatti-harakatlari bilan investorlarni “yo‘ldan adashtirishi” mumkin deya hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, kaliforniyalik Violetta Maylyan ismli ayol Apple o‘zining iPhone 6, iPhone 6 Plus, iPhone 6S Plus hamda iPhone SE kabi modellarning ishini ataylab sekinlashtirib qo‘ygani uchun uni sudga ham bergan edi.
Izoh (0)