Rio-de-Janeyroda bir sutka ichida politsiya tomonidan megapolisda amalga oshirilgan maxsus operatsiyalar davomida kamida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Globo telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar va huquq-tartibot xodimlari o‘rtasidagi otishmalar shaharning shimoliy va janubiy qismlaridagi to‘rtta dahada sodir bo‘lgan. Mojarolar oqibatida bir nafar politsiyachi va besh nafar jinoiy guruh a’zosi o‘ldirilgan. Shuningdek, dahadagi uylardan biriga mehmonga kelgan bir fuqaro boshidan jarohat olgan.
2017-yilda qasddan amalga oshirilgan qotilliklar natijasida mamlakatda 5332 kishi halok bo‘lgan, bu esa 2016-yilga nisbatan 5,8 foizga ko‘proq demakdir.
Izoh (0)