Eron g‘arbida IShID terrorchilik guruhining 16 nafar jangarisi qo‘lga olindi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Islom inqilobi qo‘riqchilar korpusi quruqlikdagi kuchlari 27-yanvar, shanba kuni Najafdagi bazada IShID terrorchilik guruhining 21 kishidan iborat otryadini aniqladi. Ular bilan to‘qnashuv yuz berdi. Bir necha terrorchi yo‘q qilindi, 16 nafari qo‘lga olindi. Ikki terrorchi qochgan, biroq ular korpus kuchlari tomonidan qurshab olingan”, — deydi korpus quruqlikdagi kuchlari qo‘mondoni Muhammad Pakpur.
Uning so‘zlariga qaraganda, terrorchilar Eron chegara va markaziy shaharlarida teraktlar amalga oshirishni rejalashtirgan.
Operatsiya davomida uch nafar eronlik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)