Turkiya shimoli-sharqida Qora dengiz bo‘yida joylashgan viloyatlarda Zika bezgagi tarqatuvchilari aniqlandi, deb yozadi “RBK” Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Rossiya federal xizmatiga tayanib.
Kasallik tarqatuvchilari (chivinlar) Artvin, Rize va Trabzon viloyatlarida qayd etilgan. 2017-yilning oktabrida Kubaga tashrifidan so‘ng ushbu virusni yuqtirib olgan to‘rt odam aniqlangan. Virus tashuvchilar mamlakatning markaziy hududlariga tarqalib ketishi prognoz qilinmoqda.
Turkiya hukumati kasallik tashuvchilarning tarqalishini tutib turish choralarini ko‘rmoqda. Ammo “Rospotrebnadzor” Turkiyaga sayohat qilishni rejalashtirishda virus bilan bog‘liq vaziyatni e’tiborga olishni so‘ramoqda.
Izoh (0)