Finlyandiya adliya vazirligi byulletenlarning 100 foizi tekshirib chiqilgach, amaldagi prezident Sauli Niinistyo ikkinchi muddatga qayta saylanganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Sauli Niinistyo ovozlarning 62,7 foizini, boshqa nomzodlar esa 15 foizdan kamini to‘pladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Saylovning rasmiy natijalari 30-yanvar kuni e’lon qilinadi.
Izoh (0)