Buxoro shahrida yashovchi 45 yoshli Lochina Halimova bir necha ayolning ishonchiga kirib, ularni aldov yo‘li bilan xorijga jo‘natdi, deb yozadi O‘zA.
Lochina Halimova ayollarni daromadli ishlarga joylashtirishga va’da bergan edi. Aslida esa u ayollarni xorijda fohishalik qilishga majburlardi.
Lochina 2011-yildan buyon Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashirinib yurgan edi. Ammo u Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining tezkor xodimlari sa’y-harakati bilan qo‘lga olinib, xorijdan O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilindi.
“Odamfurush ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)