Apple asoschilaridan biri Stiv Voznyak narxi atrofidagi shov-shuvlardan charchagani uchun barcha bitkoinlarini sotib yubordi. Bu haqda u Stokgolmdagi biznes-forumda ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
U o‘tgan yil yozda, bitkoin narxi 700 dollar bo‘lganda kriptovalyuta xarid qilgani va shu tariqa “tajriba qilib ko‘rgani”ni bildirdi. Biroq bozorda shov-shuv boshlanib, bitkoin narxi 20 ming dollarga yetgach, kriptovalyutani sotishga qaror qildi.
“Bitkoin narxi osmonga chiqib ketganda, buning ortidan mudom kuzatib, raqamlardan xavotir oladigan kishilar qatorida bo‘lmaslikka qaror qildim. Hayotimda bunday tashvishlar bo‘lishini istamayman”, — dedi Voznyak.
Izoh (0)