Londonning “Arsenal” klubi Angliya Liga Kubogining ikkinchi finalchisiga aylandi. Bir kun muqaddam Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” futbolchilari final chiptasiga ega chiqandi.
Kevin de Bryune 96-daqiqada gol urdi. “Manchester Siti” Liga Kubogining finaliga yo‘l oldi
London derbisida “Arsenal” va “Chelsi” bu yil hisobidan to‘rtinchi bor to‘qnash keldi. Avvalgi uch o‘yinda g‘olibni aniqlashning iloji bo‘lmagandi. Bu safar esa Arsen Venger shogirdlari irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Hisob Azar tomonidan ochilganiga qaramay, “aristokratlar” ustunlikni saqlab qola olmadi va o‘z darvozasidan 2 ta gol o‘tkazib yubordi.25-fevral kuni chempion jamoa nomiga oydinlik kiritiladi. Final odatga ko‘ra, Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.
“Arsenal” finalga qadar “Donkaster Rovers” (1:0), “Norvich” (2:1), “Vest Hem” (1:0), “Chelsi” (2:1) kabi klublarga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi. “Manchester Siti” esa “Vest Bromvich” (2:1), “Vulverhemton” (0:0. Pen — 4:1), “Lester” (1:1. Pen — 4:3), “Bristol Siti” (5:3) kabi klublar dovonidan o‘tib ketdi.
“Arsenal” — “Chelsi” 2:1
Gollar: Eden Azar, 7 (0:1). Antonio Ryudiger, 12-avt (1:1). Granit Jaka, 60 (2:1).Dastlabki o‘yin: 0:0Bir yil avval mazkur musobaqada “Manchester Yunayted” zafar quchgandi. Mourinyo shogirdlari finalda “Sautgempton”dan ustun kelgandi — 3:2.
Izoh (0)