Octobank BS/2 xalqaro fintex kompaniyasi bilan memorandum imzoladi — u butun dunyo bo‘ylab banklarga zamonaviy bankomatlar va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tizimlarini ishga tushirishga yordam beradi. Kelishuv 2025 yil 28-29-may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan PLUS forumi doirasida imzolandi. Octobank tomonidan hujjatni boshqaruvchi direktor — Chakana savdo bloki rahbari Rustam Rafikov, BS/2 tomonidan esa — kompaniya bosh direktori Idrakas Dadashovas imzoladi
Kompaniyalar birgalikda Octobank bankomatlari va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish nuqtalari tarmog‘ini rivojlantirishni rejalashtirmoqda: ularning funksional imkoniyatlari yanada kengayadi, ulardan foydalanish esa yanada oson va qulay bo’ladi.
Nima o‘zgaradi:
- naqd pulni nafaqat beruvchi, balki qabul qiluvchi qurilmalar ulushining ortishi hisobiga bankomatlar tarmog‘i modernizatsiya qilinadi;
- ular orqali xizmatlarga to’lov qilish, hisobni to‘ldirish va valyuta ayirboshlash yanada qulay bo‘ladi;
- bankomatlar yanada ishonchli ishlaydi — masofadan boshqarish va naqd pulni “aqlli” taqsimlash tizimi joriy etiladi;
- xavfsizlik darajasi oshadi — bankomatlarga kirish elektron qulflar va bir martalik parollar bilan himoyalanadi.
Tomonlar kelishuvni uch yilga imzoladi.
Octobank — O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi universal raqamli bank. Bank xususiy va korporativ mijozlar uchun keng ko‘lamli moliyaviy xizmatlarni taklif etadi.
BS/2 — Litvaning Penki kontinentai kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi xalqaro fintex kompaniyasi. Bank o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish yechimlari: bankomatlar, resayklerlar, qurilmalarni boshqarish uchun dasturiy ta’minot, kiberxavfsizlik va tahlil tizimlari bo‘yicha ixtisoslashgan.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)