O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvardagi qarori bilan O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida tinchlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
Bitim o‘tgan yilning 29-dekabrida bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonov va “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyev o‘rtasida imzolangan edi.
Ushbu hujjat atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish uchun ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik qilish uchun huquqiy asos yaratadi.
Izoh (0)