22-yanvar kuni Toshkent viloyati imomlari bosh imom-xatib Xayrullo Turmatov boshchiligida Aqto‘bedagi fojia oqibatida qurbon bo‘lganlarga hamdardlik bildirish uchun Namangan viloyatiga bordi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Viloyatdagi har bir xonadonga kirib, mash’um fojiada halok bo‘lganlarning haqlariga tilovati Qur’on o‘qib, duolar qilindi. Dinimizda biror fojia bilan vafot etgan mo‘minning darajasi yuqori bo‘lishi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadislarining birida kishi suvga g‘arq bo‘lib, o‘tda kuyib, tom ostida qolib, ayol kishi to‘lg‘oq paytida vafot etsa, shahidlik maqomini topishini aytib, musibat egalariga tasalli berildi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)