O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna va Sharof Rashidovning qizi Sayyora Rashidova Nukus shahriga tashrif buyurdi, deb xabar berdi “KRuz.uz”.
Ayni paytda mehmonlar Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqa teatrida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etmoqda.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev so‘zga chiqdi.
Mehmonlar safidan Karimali Tursinov, Bahodir Ubaydullayev, Umid Azizov, Galina Melnikova, Sevara Tursunovalar ham joy olishgan.
Izoh (0)