Poytaxtning diqqatga sazovor tarixiy arxitektura inshootlaridan biri to‘liq buzib tashlandi. Ayni vaqtda Kinochilar uyi va “O‘zbekkino” hududini tozlash ishlari olib borilmoqda, deb xabar berdi “Narodnoye Slovo”.
Eslatib o‘tamiz, mazkur inshoot joylashgan Islom Karimov (sobiq O‘zbekiston) shoh ko‘chasi Tashkent City ishbilarmonlik markazi bunyod etiladigan hudud tarkibiga kirgizilgan. Binoni to‘liq buzib tashlash uchun deyarli ikki oy vaqt kerak bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Kinochilar uyi binosi 1982-yili Toshkentdagi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari kinofestivali munosabati bilan foydalanishga topshirilgan edi.
Izoh (0)