BMT bosh kotibining Yaman bo‘yicha maxsus vakili Ismoil Shayx Ahmad iste’fo berdi. Bu haqda Antoniu Guterrishning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi, deya xabar beradi “TACC”.
“Yaman bo‘yicha maxsus vakili Ismoil Shayx Ahmad bosh kotibni shartnomasi yakunlanganidan so‘ng lavozimida qolish niyatida emasligi haqida ogohlantirdi. Shartnoma shu yil fevral oyida yakuniga yetadi”, — dedi Dyujarrik.
Mavritaniyalik diplomat 2015-yil aprelida BMT bosh kotibining Yaman bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlangandi. U oxirgi yillarda Yaman hukumati va isyonchilar o‘rtasida bir necha muzokaralar tashkilladi, biroq ular natija keltirmadi.
Izoh (0)