Anqara Damashqni Turkiya qurolli kuchlari Afrin hududida boshlagan harbiy operatsiyaning borishi haqida yozma ravishda xabardor qilib bormoqda. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz Damashqni operatsiyamiz borishi haqida xabardor qilyapmiz. Shuningdek, BMTga ham batafsil ma’lumot berilmoqda”, — dedi Chavusho‘g‘li.
Vazir Turkiya manfaatdor mamlakatlarga ham “Zaytun novdasi” operatsiyasining borishi haqida axborot yetkazib turganiga ishontirdi.
“Biz Suriyadagi vaziyat bilan aloqador davlatlarga Afrinda nima bo‘layotganini bildirdik. Bu keyinchalik ham davom ettiriladi”, — ta’kidladi Turkiya TIV rahbari.
Izoh (0)