Qirg‘izistonning qarzidan voz kechgandan ko‘ra, mamlakatning Issiqko‘lni Rossiyaga ijaraga berishi va shu tariqa o‘z qarzdorligini yopishi haqida kelishib olish kerak edi. Bu haqda Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy jurnalistlarga aytib o‘tdi, deb yozadi KNews.
Bunda gap Qirg‘izistonning Rossiya oldidagi 240 million dollarlik qarzi haqida bormoqda.
“Yana qarzlardan kechyapmiz — ularni berish kerak emas. Hech kimga berish kerak emas, Rossiya gullab-yashnashi kerak, shunda ular baxtiyor va boy mamlakatda yashash uchun bu yerga keladi. Aks holda Rossiya o‘rtada qashshoq bo‘lib turibdi, boshqalarning qarzidan esa kechyapmiz”, — dedi Jirinovskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qirg‘izistonning qarzini yopish haqida ikkala tomonga ham manfaatli bo‘ladigan holatda kelishib olishi mumkin edi.
“Men Qirg‘izistonga buni allaqachon taklif qilgandim: sizda Issiqko‘l ko‘li bor — uni bizga 99 yilga ijaraga bering, bu esa qarzingiz uchun tovon bo‘ladi. U yerga biz pensioner, nogiron va talabalarimizni bepul jo‘natardik”, — dedi Jirinovskiy.
Izoh (0)