Turkiyaning Kilis viloyati Suriya tomonidan raketa bilan o‘qqa tutildi, deb yozadi “Gazeta.ru” Anadolu agentligiga tayanib.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Suriya hududidan uchirilgan to‘rtta raketa viloyatning ikkita dahasiga kelib tushgan. Natijada bir kishi jabrlangan.
Politsiyachilar hududni o‘rab oldi, voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf qildi.
Izoh (0)