Ostona Donbass bo‘yicha muzokaralar uchun yangi maydonga aylanishi mumkin. Bu haqda Qozog‘istonning BMTdagi doimiy vakili Qayrat Umarov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
“Balki hammasini boshidan boshlash kerakdir. Buni Ostona yoki ishtirokchilar uchun qulay bo‘lgan istalgan boshqa joyda amalga oshirish mumkin. Gap yuzaga kelgan vaziyatga yechim topish, mazkur masalada oldinga siljishga urinishdan iborat”, — dedi Umarov.
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQShga tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida prezident Donald Tramp Ukraina sharqidagi mojaro bo‘yicha Minsk muzokaralarini samarasiz deb baholagani va ularni boshqa joyga ko‘chirishni taklif qilganini bildirgandi.
Izoh (0)