Norvegiya sudi IShID terrorchilik tashkilotiga odam yollash bilan shug‘ullangan mamlakat fuqarosi Ubaydullo Husaynni to‘qqiz yil qamoq jazosiga mahkum etdi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Hussayn kamida ikki kishini yo‘ldan urgan va ularga terrorchilik tashkilotining jangarilari safida kurashishi uchun Suriyaga ketishida yordamlashgan.
Bundan tashqari u Norvegiyada yashab turib IShIDga moliyaviy jihatdan faol ravishda ko‘maklashib turgan.
Avvalroq, Deso Dogg deb nom olgan va Germaniyada jangarilar uchun odam yollash bilan faol shug‘ullanib kelgan Denis Kuspert Dayr-az-Zavr viloyatiga berilgan aviazarba oqibatida o‘ldirilgani haqida xabar qilingandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)