Donald Tramp prezidentligining birinchi yili sharafiga Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida tantanali kecha uyushtiradi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Davlat rahbari ishtirokidagi kechaga ikki kishilik chipta narxi 100 ming dollar turadi. Bunga kechki ovqat va Tramp bilan birga suratga tushish kiritilgan.
250 ming dollar evaziga prezident bilan kecha davomida bir stol atrofida o‘tirish imkoniyatini qo‘lga kiritish mumkin.
Izoh (0)