Angliyaning Vitensheyv shahrida yashovchi erkak yuragiga pichoqdan berilgan zarba oqibatida vafot etdi, biroq o‘limi oldidan qotilni suratga olishga ulgurdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Qotillik o‘tgan yilda yuz bergan. 33 yoshli Li Uoker 38 yoshli Shon Merfi va uning qaylig‘i o‘tirgan mashinaga yaqinlashgan va ulardan giyohvand modda so‘ragan. Shundan so‘ng Uoker Shonga qarab baqira boshlagan. Shon esa Uokerni suratga olishga uringan.
U suratga olishga ulgurgan, biroq shu lahzada jinoyatchi oynadan qo‘lini kiritib, Shonning yuragiga pichoq bilan zarba bergan. Qiz Shonni mashinadan olib tushgan va yordam ko‘rsatishga uringan, biroq buning foydasi bo‘lmagan.
Izoh (0)