• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Samvel Babayan futboldan millati uchun chetlatildimi yoki nafsi?

    Samvel Babayanni sizga ortiqcha tanishtirib o‘tirmayman. Futbolga qiziqqan o‘zbekistonlik borki, uni yaxshi taniydi.

    Foto: “Paxtakor”

    Foto: “Paxtakor”

    Bir necha kun oldin O‘FF qarori bilan Babayan futboldan chetlashtirildi. Bunga asos sifatida “Paxtakor” futbolchilari bilan bog‘liq ishi ko‘rsatib o‘tilgan. Tez orada Toshkent klubidan ketishini tushunib yetgan futbol agenti, o‘ziga tegishli bo‘lgan futbolchilarning shartnomasiga o‘zgartirish kiritgan va ularga 2018-yildan boshlab erkin agentga aylanish imkoniyatini tortiq qilgan. Birgina Igor Sergeyev “Paxtakor”ni qay tariqa tark etgani bunga isbot bo‘lsin.

    O‘FF Samvel Babayanni futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirdi

    O‘FF bu ishni aniqlagan va qoidabuzar insonga nisbatan chora ko‘rgan. Matbuot xizmati bergan xabarda Babayan milliy terma jamoadan qay tariqa foydalangani aytilgan. O‘ylashimcha, buni deyarli hamma bilib turgandi, tashkilot esa gapning indallosini aytdi, qo‘ydi. Chunki bunga asos bor: Babayan bir vaqtning o‘zida futbol agentligi bilan yaqin aloqalarda bo‘lgan va bevosita bir qator futbolchilarning transferida muhim rolni o‘ynagan.

    Babayan JCh—2018 saralash bosqichining 3-raundida ketma-ket g‘alaba qozonishni boshlagach, unga tahsin o‘qiydiganlar ko‘payib qoldi. Ammo bu kishini yoshligimdan yaxshi bilgan inson sifatida, unga bo‘lgan pozitsiyamni o‘zgartirmadim. Ishonardimki, Filippin, Bahrayn, Yaman kabi raqiblarni o‘zbekistonlik futbolchilar bosh murabbiysiz ham mag‘lub eta olardi. Shuning uchun ham hal qiluvchi bosqich uning saviyasiga oydinlik kiritib berishini kutdim.

    Foto: O‘FF

    Foto: O‘FF

    Va biz ko‘rdik, Eron ham, Janubiy Koreya ham, Xitoy ham O‘zbekiston ustidan zafar quchdi. O‘z sarhadlarida o‘ynash imkoniyatidan mahrum Suriya ham Babayan shogirdlaridan ustun keldi. U qo‘li ostidagi futbolchilarni tarixdagi eng yaxshisi deb atagan bo‘lsa-da, JCh saralashlarining so‘nggi uchta sikli bo‘yicha eng yomon natija qayd etdi. Boisi, bungacha O‘zbekiston terma jamoasi hech bo‘lmasa pley-offlarga yetib borayotgandi. Babayan shakllantirgan jamoa esa 4-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmadi. Biz Avstraliya, Yaponiya kabi kuchli raqiblar duch kelmaganida ham shu ahvolda qoldik.

    Ammo unutmaylik, O‘FFning na yangi va na eski rahbariyati aynan shuni bayroq qilib, Babayanni futboldan chetlashtirmadi. Chunki muvaffaqiyatsizliklar sportda bor narsa. Biroq shartnomalarni o‘z manfaati yo‘lida qonunga zid ravishda buzadigan inson har qanaqasiga aybdor. Babayan shuning uchun ham futboldan chetlashtirildi.

    Foto: O‘FF

    Foto: O‘FF

    Yosh futbolchilarning oyog‘ini qanday sindirish kerakligini boshqa bir yosh futbolchiga o‘rgatishi mumkin bo‘lgan Babayan hech qachon ko‘z o‘ngimdan ketmaydi. O‘sha-o‘sha unga na inson va na mutaxassis sifatida yuqori baho bera olmayman. Uni o‘z manfaati yo‘lida hech narsadan tap tortmaydigan kishi sifatida gavdalantiraman. Va hozir uning siymosi naqadar pastkashlikka sabab bo‘lishi mumkinligini qolganlarga ko‘rsatish imkoniyatidan foydalanmoqchiman. Buning uchun siz Armaniston saytlaridan birida chiqqan quyidagi maqolani o‘qib chiqishingiz kerak bo‘ladi.

    Tevos Arshakyan maqolasi

    O‘zbekiston yuzdan ortiq millat vakillari tinch va totuv hayot kechiradigan mamlakat. Rostini aytsam, Babayan haqida maqolalar yozganimda ham va hatto futboldan chetlatilganida ham uning arman millatiga mansub ekani xayolimga kelmagandi. Men uni qanchalik yomon ko‘rmayin, O‘zbekistonning bir bo‘lagi sifatida ichimga singdirib yuborgandim. Va bugun ko‘rdimki, eng so‘nggi chora sifatida biz qanday ayblovlar bilan to‘qnashyapmiz.

    To‘g‘ri, bunda Babayanning qo‘li bo‘lmasligi mumkindir. Ammo menga juda qiziq tomoni bor, O‘FF yaqindagina Vadim Abramovni ham futboldan chetlatdi. Nega u haqda bu kabi maqolalar ko‘rmadik? Nega Armaniston jurnalisti aynan Babayandan keyin oyoqqa turdi? O‘z vaqtida Yuriy Sarkisyan Farg‘onaning “Neftchi” klubidan haydaldi. Biroq biz o‘sha vaqtda ham bu kabi pastkashlik, millatchilik guvohiga aylanmadik. Aytishim kerakki, bu maqola keng muhokama bo‘layotgan bir vaqtda, Babayan bu borada bir og‘iz chiqish qilishni hozircha o‘ziga ep ko‘rmadi.

    Foto: “Vk.com”

    Foto: “Vk.com”

    Biz kamida Abramovni ham, Sarkisyanni ham, Babayanni ham o‘zimizning odamlar sifatida ko‘rib o‘rganib qolgandik. Va millatchi bo‘lmaganimiz uchun ham futboldagi bu insonlarning har biriga o‘z vaqtida mamlakatning bosh jamoasini ishonib topshirdik. Bizda Arevat Grigoryan degan jurnalist, Artur Grigoryan degan bokschi, Armen Bagdasarovdek murabbiy, Tamaraxonim kabi insonlar qadr topdi, o‘sha Farg‘onadan ketgan Sarkisyan kabi mutaxassislarning o‘zbek futboli uchun qilgan mehnatlari unutilmay, uning kabi kishilar “Bunyodkor”da qadr topdi, farg‘onalik yuz minglab muxlislar unga hurmatini bajo keltirdi. Va ishonamanki, bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.

    Babayan kabi insonlar fonida esa nafaqat futbol loyqalanadi, balki o‘zbek-arman munosabatlari ham harakatga keladi. Men buni istamasdim, qaysi millatga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, Babayanni o‘zim uchun shaxs sifatida o‘ldirib bo‘lganman. Uning kabi ahvolga tushmagan arman do‘stlarimizga esa cheksiz hurmatlarim bo‘lsin.

    O‘FF rahbariyati Babayanning faqatgina bitta ishini fosh qildi. Vaholanki, futboldagi bir necha yilim davomida turli futbolchi va jurnalistlar tomonidan uning hozirgacha isbotlanmagan qolgan ishlari haqida ko‘p eshitganman. Qaysidir ma’noda undan zarar ko‘rgan va buni ommaga chiqarishdan qo‘rqqan, tegishli organlarga arz qilishdan cho‘chigan futbolchi-yu murabbiylar bo‘lsa, marhamat, qing‘ir ishning qiyig‘i 40 yildan keyin bo‘lsa ham chiqishiga umid bor. O‘tgan ishga salovat aytmay, haqiqat qaror topishi uchun kurashib ko‘ring.

    P.S. Yillar davomida shakllangan munosabatimdan kelib chiqib, men Babayandan bundan battar ishlarni ham kutaman. Shu tomondan qaraganda, Babayandan xafa emasman. Uning kabi kishilar tarallabedod yurishiga zamin bergan o‘sha tizimdan xafaman va ortda qolgan ikki yilimizga chinakamiga achinaman. Maqola so‘ngida boshqa bir arman do‘stimiz yozgan maqolani o‘qib ko‘rishni tavsiya qilaman.

    Abdurahmon Meshayan maqolasi

    18.01.2018, 11:54   Izoh (0)   34153
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    MOQ rahbari o‘zgardi: Alisher Sultonov o‘rniga Umid Ahmadjonov

    16.01.2018, 20:46

    O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariga aylanishi kutilmoqda

    16.01.2018, 19:55

    Sochi tog‘larida snoubordchi halok bo‘ldi

    18.12.2017, 23:44

    Namanganda Odil Ahmedovning homiyligida qurilgan mini-stadion foydalanishga topshirildi

    09.12.2017, 22:06

    Video: “Bunyodkor” stadioni oldidagi minglab muxlislar

    04.12.2017, 15:18

    Iqboljon Xoldorov va Isroil Madrimov Rossiyada o‘tayotgan “Neft mamlakatlari kubogi” finalida raqiblariga imkoniyatni boy berdi

    26.11.2017, 16:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.