Isroil mudofaa armiyasi askarlari va falastinliklar o‘rtasidagi to‘qnashuv Iordan daryosi G‘arbiy sohilidagi Jenin shahrida qurbonlarni keltirib chiqardi. Bu haqda 18-yanvar, payshanba kuni Isroilning I24 telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Isroil askarlari o‘tgan hafta ravvin Raziel Shevaxni o‘ldirishda gumonlangan falastinlikni o‘ldirdi. Shuningdek, hodisa oqibatida Isroil mudofaa armiyasining ikki askari va yana bir falastinlik yaralandi.
The Times of Israel muxbirining ma’lum qilishicha, o‘ldirilgan falastinlik HAMAS guruhi yetakchilaridan biri Nasser Jararning o‘g‘li Ahmed Jarar bo‘lgan. Nasser 2002-yilda Jeninda isroillik askarlar tomonidan o‘ldirilgan edi.
Izoh (0)