Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Qunduz viloyatida maxsus operatsiya davomida tojik jangarilari qo‘mondoni yo‘q qilindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Harbiylarga ko‘ra, viloyatning Tojikiston bilan chegaradosh Dashti-Archi tumanida toliblarning mahalliy yetakchisi Qori Husayn va uning qo‘l ostidagi 15 nafar jangari o‘ldirildi. 10 nafariga jarohat yetkazildi.
Jangarilardan ko‘plab qurol-yarog‘ va o‘q-dori musodara qilingani bildirilmoqda.
Izoh (0)