Myanma g‘arbidagi Rakxayn shtatida politsiyaning namoyishchilar bilan to‘qnashuvida kamida 7 kishi o‘ldirildi, 33 kishi yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
AFP manbalariga ko‘ra, 16-yanvar, seshanba kuni kechki payt politsiya hukumat binolarini egallashga uringan budavviylar olomonini o‘qqa tutdi.
Namoyishchilar ogohlantirish tariqasida o‘q uzilganiga ham e’tibor qilmagani bildirilmoqda.
Bir necha ming kishi qatnashgan norozilik aksiyasi davomida 20 nafar politsiyachi ham jarohat oldi.
Izoh (0)