Dog‘iston Oliy sudi Maxachqal’a merining o‘g‘li Badriddin Musayevga nisbatan chiqarilgan oqlov hukmini bekor qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Ish birinchi instansiya sudiga qayta ko‘rib chiqish uchun yuborildi.
Dog‘iston yo‘l-patrul xizmati xodimlari 2016-yil may oxirida Badriddin Musayev boshqaruvidagi avtomobilni hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatadi. Musayev hujjatlarni ko‘rsatishdan bosh tortadi va politsiyachilarga tahdid qila boshlaydi. Ulardan biriga qo‘l ko‘tarib, so‘ng voqea joyidan yashirinadi.
Musayevga nisbatan jinoiy ish bir necha bor yopilgan, so‘ng yana qaytadan tiklangandi.
2017-yil sentabrida Musayevning ishi Maxachqal’adagi Sovet tumani sudida ko‘rib chiqildi. Prokuratura merning o‘g‘liga 5 yil qamoq jazosi berilishini so‘ragandi. Sud uni barcha bandlar bo‘yicha aybsiz deb topdi.
Izoh (0)