Kosovoda 64 yoshli serb siyosatchisi Oliver Ivanovich o‘ldirildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Kosovo serblarining “Ozodlik, demokratiya, haqiqat” partiyasini boshqargan Ivanovichga Kosovska-Mitrovitsa shahrining serblar nazorat qiladigan shimoliy qismida halokatli jarohat yetkazildi. U kasalxonada olamdan o‘tdi.
Qotillik Kosovo va Serbiya vakillarining Bryusseldagi muzokaralari chog‘ida amalga oshirildi. Bu haqdagi yangiliklar paydo bo‘lishi bilan serb delegatsiyasi muzokaralarni tark etdi.
Serbiya prezidenti Aleksand Vuchich yuz bergan hodisani terakt deb atadi. Mazkur jinoyatni Albaniya bosh vaziri Edi Rama ham qoraladi.
Izoh (0)