AQSh prezidenti Donald Tramp Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuv oldidan muhojirlar AQShga “hamma yoqdan” kelishini istashini aytdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Jurnalistlar bilan muloqot tugagani haqida e’lon qilingach, muxbirlardan biri Trampdan AQShga muhojirlar noxushroq mamlakatlardan emas, balki Norvegiya singari mamlakatlardan kelishini xohlashi haqida gapirgan-gapirmaganligini so‘radi.
“Hammaga katta rahmat! Ular hamma yoqdan kelishini xohlayman, har yoqdan!” — dedi Tramp.
Avvalroq Donald Tramp qonun chiqaruvchilar bilan uchrashuv chog‘ida Amerikaga ba’zi mamlakatlardan kelgan muhojirlarni “jirkanch mamlakatlar”dan chiqqanlar deb atagan va AQSh Norvegiya singari mamlakatlardan odamlarni jalb qilishi kerakligini ta’kidlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Nursulton Nazarboyev 16—18-yanvar kunlari AQShda tashrif bilan bo‘ladi.
Izoh (0)