Hyundai yaqin 5 yil mobaynida 45 ming kishini ishga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Janubiy Koreya moliya vazirligiga ko‘ra, kompaniya shu muddat mobaynida 23 trillion vona (21,56 milliard dollar) miqdorida investitsiya kiritish niyatida. Investitsiyalar elektromobillar va haydovchisiz mashinalar ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.
Kompaniya vakili shtatlarni ko‘paytirish bo‘yicha rejalarni tasdiqladi, biroq investitsiyalar summasiga izoh berishdan bosh tortdi.
Izoh (0)