Liviyada o‘g‘irlab ketilgan ukrainalik shifokor ozod etilishiga izoh bergan Ukraina TIV davlat kotibi Andrey Zayats Rossiyani Somali va Yaman kabi davlatlarga tenglashtirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Ukrainaliklarni yana bir bor Liviya, Somali, Suriya, Somali va Rossiya kabi xavfli davlatlarga bormaslikka chaqiramiz. Mazkur mamlakatlardagi konsullarimizning yordam berish imkoniyati juda cheklangan. Garchi, Liviyada bo‘lgani kabi, imkonsiz ishlarning uddasidan chiqayotgan bo‘lsalar ham”, — deya yozuv qoldirdi Zayats Twitterdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Davlat departamenti 11-yanvar kuni Rossiyani amerikaliklarga borish tavsiya etilmaydigan xavfli davlatlar qatoriga kiritgandi.
Izoh (0)