Kamerunda avtobus jarlikka qulab, daraxtga borib urilishi oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi, 38 kishi jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat g‘arbiy mintaqasi gubernatoriga ko‘ra, qurbonlar soni ortishi mumkin.
Jabrlanganlarga mahalliy kasalxonada yordam ko‘rsatilmoqda, haydovchiga shikast yetmagani bildirilmoqda.
YTH sababi hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)