Eronda Sharqiy Xitoy dengizida bir hafta avval Gonkong yuk kemasi bilan to‘qnashuv va yong‘indan keyin cho‘kib ketgan tanker ekipaji uchun milliy motam e’lon qilindi, deb yozadi “MK.ru”.
140 tonna gaz kondensati olib ketayotgan tanker 6-yanvar kuni Sharqiy Xitoy dengizida Gonkong yuk kemasi bilan to‘qnashdi.
Tanker yonib ketdi, 32 nafar ekipaj a’zosi — Eron va Bangladesh fuqarolari bedarak yo‘qoldi. Keyinchalik qutqaruvchilar 3 nafar dengizchining jasadini topdi.
Ekipaj a’zolarining barchasi halok bo‘lgan deb e’lon qilindi.
Izoh (0)