Meksikada yana bir jurnalist — Tamaulipas shtatidagi Diario de Nuevo Laredo nashri xodimi Karlos Dominges o‘ldirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Dominges noma’lum shaxslar tomonidan shtatning Nuevo-Laredo shahri markazida, o‘zining mashinasida o‘ldirildi. Bu payt uning yonida qizi ham bo‘lgan.
Oxirgi vaqtlarda Dominges o‘z nashrida siyosiy mavzudagi kolonkani yuritayotgandi. Tamaulipas bosh prokuraturasi jinoyatni o‘rganishga kirishdi.
Yanvar oyi boshida Mexikoda mamlakatdagi eng nufuzli va ommabop nashrlardan biri —Universal jurnalisti Xose Xerardo Martines o‘ldirilgandi.
Ma’lumot uchun, Meksikada 2017-yili 12 nafar jurnalist o‘ldirildi.
Izoh (0)