Angliya Premyer-Ligasining 23-turiga kelib Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
“Enfild”da “Liverpul” mehmoni bo‘lgan “shaharliklar” 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Tomonlarning Manchesterda o‘tgan o‘yinida “Siti” raqibidan bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynab, 5:0 hisobida zafar quchgandi.
“Liverpul”ni Filippe Koutinyo tark etgan bo‘lsa-da, Klopp jamoasida bu kemtik sezilmadi. Oldinga chiziqda harakat qilgan Muhammad Saloh, Roberto Firmino hamda Sadio Mane triosi Gvardiola himoyachilariga imkoniyat qoldirmadi.
Shu tariqa “Siti” Londonning “Arsenal” klubi o‘rnatgan rekordni yangilay olmaydigan bo‘ldi. “To‘pchilar” 2003/04-yilgi mavsumni birorta ham mag‘lubiyatsiz yakunlashga erishgandi.
“Siti”ni Chempionlar Ligasining 6-turida “Shaxtyor” ham mag‘lub etgandi. Biroq bu o‘yin “shaharliklar” uchun u qadar katta ahamiyat kasb etmasligi bilan ajralib turardi. Liverpullik futbolchilar esa prinsipial o‘yinda APL peshqadamini taslim etishga muvaffaq bo‘ldi.
“Arsenal” esa kutilmagan mag‘lubiyatlardan yana birini qabul qilib oldi. Shu tariqa Venger jamoasi kuchli oltilik ichida eng zaifi ekani bilan ajralib turibdi.
Bugun dahshatli o‘yin: “Liverpul” — “Siti”. Kecha “Chelsi” ochko yo‘qotdi, “Tottenhem” Runi jamoasiga 4 ta gol urdi
Angliya Premyer-Ligasi 23-tur bellashuvlari 14-yanvar, yakshanba“Bornmut” — “Arsenal” 2:1
Gollar: Ektor Belyerin, 52 (0:1). Kallum Uilson, 70 (1:1). Jordan Ayb, 74 (2:1).“Liverpul” — “Manchester Siti” 4:3
Gollar: Aleks Oksleyd-Chemberlen, 9 (1:0). Leroy Sane, 41 (1:1). Roberto Firmino, 59 (2:1). Sadio Mane, 62 (3:1). Muhammad Saloh, 68 (4:1). Bernardu Silva, 84 (4:2). Ilkay Gyundogan, 92+ (4:3).15-yanvar, dushanba“Manchester Yunayted” — “Stok Siti” 01:00
Izoh (0)